Karate sport turi bilan shug'ullanuvchi 11-13 yoshli qizlarda gyaku-zuki zarbasining biomexanik xususiyatlarini o'rganish
ABI
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot ishida karate sport turi bilan shug‘ullanuvchi 11–13 yoshli qizlarda gyaku-zuki zarbasining biomexanik xususiyatlarini o‘rganish mavzusi yoritilgan. Tadqiqotda yosh karatechilarda gyaku-zuki zarbasini bajarish jarayonida tananing harakat mexanizmi, mushaklar faoliyati, kuch va tezlik ko‘rsatkichlarini biomexanik jihatdan tahlil qilingan. Ish jarayonida kuzatish, video tahlil, taqqoslash va biomexanik tahlil usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gyaku-zuki zarbasini to‘g‘ri bajarishda gavda aylanishi, oyoq tayanchi, qo‘l harakatining tezligi va koordinatsiyasi muhim ahamiyat kasb etishi aniqlangan.
Mavzular
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba