Yosh sportchi qizlarda disk uloqtirish natijalariga antropometrik ko'rsatkichlarning ta'sirini statistik tahlil asosida baholash
Annotatsiya
<p>Mazkur maqolada 14–15 yoshli disk uloqtiruvchi qizlarning antropometrik ko‘rsatkichlari hamda ularning sport natijalariga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotda 12 nafar sportchining tana uzunligi, tana vazni va quloch kengligi kabi asosiy antropometrik parametrlari aniqlanib, disk uloqtirish bo‘yicha eng yaxshi hamda o‘rtacha natijalari bilan qiyosiy tahlil qilindi. Olingan ma’lumotlar matematik-statistik usullar yordamida qayta ishlanib, o‘rtacha arifmetik qiymat (X̄), standart og‘ish (σ) va variatsiya koeffitsiyenti (V) hisoblab chiqildi. Tahlillar natijasida antropometrik ko‘rsatkichlar bilan disk uloqtirish natijalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik darajasi aniqlanib, yosh sportchilarni saralash hamda tayyorlash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.</p>