Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

MOSH (VIGNA RADIATA L.) O'SIMLIGIDA ASKOXITOZ KASALLIGIGA QARSHI FUNGITSIDLARNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI

Baxrom SodiqovToshkent davlat agrar universiteti "Qishloq xo'jaligi fitopatologiyasi" kafedrasi dotsenti, qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsentV. F. MamedovaTermiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tayanch doktoranti
ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot mosh (Vigna radiata L.) yekinlarida keng tarqalgan va hosildorlik hamda urug‘ sifatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi askoxitoz kasalligiga qarshi fungitsidlarning biologik samaradorligini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqot 2025 yilda kichik dala sharoitida sun’iy inokulyatsiya fonida olib borildi. Laboratoriya sharoitida Ascochyta pisi zamburug‘iga qarshi yuqori ingibitsiya namoyon qilgan turli ta’sir mexanizmiga ega fungitsidlar tanlab olindi va dala sharoitida sinovdan o‘tkazildi. Tajriba natijalariga ko‘ra, nazorat variantida kasallikning tarqalishi 84,0 % va rivojlanishi 44,1 % ni tashkil etib, yuqori infeksion fon mavjud ekani aniqlandi. Fungitsidlar qo‘llanilgan variantlarda esa kasallikning tarqalishi 25,6-50,5 % ni, rivojlanishi esa 7,6-13,9 % ni tashkil etdi. Eng yuqori biologik samaradorlik fludioksonil + siprodinil kombinatsiyasiga asoslangan Agro-Svitch 62,5% s.d.g. preparatida qayd etildi (80,2-82,9 %). QoI + SDHI guruhlariga mansub Signal 38% s.d.g. preparati ham yuqori (76,5-79,7 %) samara ko‘rsatdi. Olingan natijalar kombinatsiyali fungitsidlarning yakka faol moddalarga nisbatan ustunligini ko‘rsatib, mosh yekinlarida askoxitoz kasalligini samarali nazorat qilishda ulardan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq ekanini tasdiqlaydi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba