XITOYNING XLZ-57 G'O'ZA NAVINING EKISH SXEMALARINI UNING O'SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA'SIRI
Annotatsiya
УДК:633.511:575:631.527 XITOYNING XLZ-57 G‘O‘ZA NAVINING EKISH SXEMALARINI UNING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI Zaripov Xabib Salimovich direktor, PhD Namozov Doniyor Nozim o‘g‘li mustaqil tadqiqotchi Sharipov Sulaymon Umid o‘g‘li laboratoriya mudiri Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Navoiy ilmiy-tajriba stansiyasi, O‘zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.19059957 Annotatsiya: Navoiy ilmiy tajriba stansiyasida 76 × 10 sm sxemada yakka qator usulida ekilgan g‘o‘za o‘simliklarida o‘rtacha bo‘yi 83 sm, ko‘saklar soni 15-18 donani, bitta ko‘sak vazni 5,8 g ni tola chiqimi 41,5% ni, tola uzunligi 31 mm ni tashkil etdi. Ushbu variantda o‘simliklar zichligi yuqori bo‘lgani sababli, ayrim hollarda vegetativ organlarning rivojlanishi nisbatan sustlashgani kuzatildi. Qo‘sh qator (76 × 10 sm) shinjon usulida ekilgan variantda o‘simliklar yorug‘lik va oziqa moddalari bilan yaxshiroq ta’minlandi. Natijada o‘simlik bo‘yi 90 sm ga yetdi, ko‘saklar soni 10-12 donani hamda bitta ko‘sak vazni 5,4 g ni chiqimi 40,5% ni, tola uzunligi 30 mm ni tashkil etdi. Ushbu variantda hosildorlik nazorat variantiga nisbatan 23 s/ga yuqori bo‘ldi. Mazkur tadqiqotda XLZ-57 navini 76×10 sxemada qo‘shqator shinjon usulida va 76×10 sxemada yakka qator qilib ekishning o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Tajriba natijalariga ko‘ra, ekish usullarining o‘simlik bo‘yi, barglar soni, hosil elementlari va yakuniy hosildorlikka ta’siri aniqlanib, eng samarali ekish usuli tavsiya etildi. Kalit so‘zlar: XLZ-57 navi; shinjon usuli; hosildorlik; yakka qator; qo‘sh qator; ekish sxemalari; fenologik kuzatuvlar.