Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish tizimini rivojlantirish uslubiyati
Annotatsiya
Maqolada jismoniy tarbiya va sportni boshqarish tizimini takomillashtirishning ilmiy-uslubiy asoslari bayon qilinadi. Tadqiqot maqsadi – jismoniy tarbiya va sport tizimini davlat, jamoat va xususiy sektorlar o‘rtasidagi hamkorlik asosida samarali boshqarishni ta’minlaydigan metodologiyani ishlab chiqish. Metodlar sifatida zamonaviy ilmiy manbalar tahlili, ekspert baholashlari va amaliy tajribalar qo‘llanildi. Natijalarda globalizatsiya sharoitida boshqaruvning samaradorligini oshirish uchun doimiy ta’lim, zamonaviy texnologiyalar va interaktiv metodlar muhimligi tasdiqlandi. Xulosa o‘rnida, boshqaruv tizimini rivojlantirish uchun kasbiy malakani oshirish, ijtimoiy yo‘naltirilgan model tanlash va innovatsion metodlarni joriy etish zarurligi asoslab beriladi.