Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

SABZAVOT EKINLARI SIRFID PASHSHALARI (SYRPHIDAE) VA ULARNING BIOLOGIK AHAMIYATI

ABI

Annotatsiya

UO‘K: 632.937 SABZAVOT EKINLARI SIRFID PASHSHALARI (SYRPHIDAE) VA ULARNING BIOLOGIK AHAMIYATI Sattorova Dilafro‘z Alisherovna Tayanch doktorant, Samarqand Davlat Universiteti Sattorova Dilafro‘z AlisherovnaNóqteli doktorant, Samarqand Davlat Universiteti Сатторова Дилафруз Алишеровна Аспирант, Самаркандский Государственный Университет Sattorova Dilafruz Alisherovna PhD Student, Samarkand State University e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.19244643 Annotatsiya. Sabzavot ekinlari agrosenozlarida zararkunandalar populyatsiyasini tabiiy ravishda boshqaruvchi entomofag hasharotlar nihotayda ko’p. Entomofag hasharotlarning eng samarali guruhlaridan biri sirfid pashshalardir. Sirfid pashshalar (Syrphidae) sabzavot ekinlari agrosenozlarining eng muhim tarkibiy qismi bo’lib, lichinkalik davrida sabzavot ekinlari zararkunandalarini, ayniqsa shira bitlarini yeb foyda keltiradi. Samarqand tumani karam hamda bodring agrosenozlarida lichinkalari yirtqich hayot tarziga ega bo‘lgan sirfid pashshalarning Sphaerophoria, Eupeodes, Episyrphus, Ischiodon, Melanostoma, Paragus avlodlariga mansub 9 ta turi va lichinkalari fitofag usulda oziqlanadigan Eumerus avlodining 1 ta turi aniqlandi. Sphaerophoria avlodi vakillari (Sphaerophoria rueppeli, S. scripta) tadqiqot maydonlarida dominant turlar sifatida qayd qilindi. Kalit so‘zlar: Sabzavot ekinlari, biologik nazorat, entomofag hasharotlar, sirfid pashshalar, Sphaerophoria rueppeli, Eupeodes carollae.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba