Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

LABORATORIYA SHAROITIDA INOKULYATSIYA QILINGAN NO'XAT URUG'INING UNUVCHANLIGI VA O'SISH INDIKATORLARI (Zabardast) navi misolida)

ABI

Annotatsiya

УЎТ: 633.36:581.1 LABORATORIYA SHAROITIDA INOKULYATSIYA QILINGAN NO‘XAT URUG‘INING UNUVCHANLIGI VA O‘SISH INDIKATORLARI (Zabardast) navi misolida) Xayitboeva Nodira Alimqulovna doktorant (Phd) (tel+99899 473 81 17) Mamatkulov Ikrom Shavkatovich ilmiy xodim (tel+99893 297 81 45) Lalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti. e-mail:[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.19243933 Annotatsiya: Maqolada no‘xatning “Zabardast” navi urug‘larini mikroelementlar bilan boyitilgan biologik faol “BIOVAK-Y24” preparati bilan inokulyatsiya qilishning laboratoriya sharoitida unuvchanlik va ildiz rivojlanishiga ta’siri o‘rganildi. Tajribalar Petri chashkalarida uch martalik takrorlanishda o‘tkazilib, natijalar nazorat varianti bilan taqqoslandi. Natijalarga ko‘ra, preparatning 5 l/t dozasi eng samarali bo‘lib, urug‘ unuvchanligi va ildiz ko‘rsatkichlarini sezilarli oshirdi. Tadqiqot natijalari biologik faol o‘g‘itlarning maqbul dozasini tanlash va no‘xatdan yuqori hamda barqaror hosil olishda amaliy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar. no‘xat, “Zabardast” navi, urug‘ inokulyatsiyasi, “BIOVAK-Y24” preparati, biologik faol mikroelementlar, laboratoriya unuvchanligi, ildiz tizimi rivojlanishi, biostimulyator, dozani tanlash, hosildorlik.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba