SURUNKALI GEPATIT B RIVOJLANISHIDA IMMUNOGENETIK VA METABOLIK O'ZGARISHLARNING PATOGENETIK VA PROGNOZTIK MARKERLAR SIFATIDAGI ROLI
Annotatsiya
Annotatsiya. Surunkali gepatit B global sog'liqni saqlash muammosi bo'lib, jigar tsirrozi va gepatotsellyulyar kartsinoma rivojlanishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. ushbu maqolada surunkali gepatit B rivojlanishida immunogenetik va metabolik o'zgarishlarning roli bo'yicha zamonaviy ilmiy tadqiqotlar tahlil qilindi. Adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, HLA genlari polimorfizmi, tsitokin genlari variatsiyalari, Toll-like retseptorlar faoliyati o'zgarishi va T-limfotsitlar disfunktsiyasi virus persistentsiyasida muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, lipid va glyukoza metabolizmi buzilishi, mitoxondrial disfunktsiya va oksidativ stress jigar shikastlanishi va fibroz rivojlanishiga olib keladi. MikroRNKlar ham immun va metabolik jarayonlarni regulyatsiya qilishda muhim rol o'ynaydi. Immunogenetik va metabolik mexanizmlarni chuqur o'rganish yangi diagnostik markerlar va davolash strategiyalarini ishlab chiqish uchun muhim ahamiyatga ega. Shu mexanizmlarning integral tahlili virus persistentsiyasi, jigar fibrozi va patogenetik prognozni aniqlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini namoyon qiladi .