Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

KO'P MA'NOLI SUG'URTA TERMINLARINING IQTISODIY MATNLARDAGI FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada ko‘p ma’noli sug‘urta terminlarining iqtisodiy matnlardagi funksional xususiyatlari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida polisemiya hodisasining sug‘urta terminologiyasida namoyon bo‘lishi, ayniqsa, iqtisodiy, huquqiy va marketing kontekstlarida terminlarning turlicha semantik yuklama kasb etishi atroflicha yoritiladi. Maqolada sug‘urta sohasiga oid “premium”, “claim” kabi atamalarning kontekstga qarab o‘zgaruvchan ma’nolari misollar asosida izohlanadi hamda ularning pragmatik vazifalari ochib beriladi. Shuningdek, ushbu terminlarning iqtisodiy matnlarda axborot uzatishdagi aniqlik, ixchamlik va rasmiylikni ta’minlashdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqotda ko‘p ma’noli terminlarning stilistik xususiyatlari, ularning matnning kommunikativ yo‘nalishiga ta’siri va auditoriyaga moslashuv darajasi ham ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, ingliz va o‘zbek tillaridagi sug‘urta terminlarining leksikografik ifodalanishi taqqoslanib, mavjud muammolar va kamchiliklar aniqlanadi. Maqolada polisemik terminlarning tarjima jarayonidagi murakkabliklari ham yoritilib, ularni to‘g‘ri talqin qilish uchun kontekstual yondashuv zarurligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari sug‘urta terminologiyasini tizimli o‘rganish, tarjima amaliyotini takomillashtirish hamda iqtisodiy matnlarni chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba