TEMURIYLAR DAVRI HARBIY YURISHLARIDA YORDAMCHI ASBOB-ANJOMLAR TIZIMI VA ULARNING FUNKSIONAL TASNIFI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Amir Temur va Temuriylar davrida harbiy yurishlarda qo‘llanilgan yordamchi asbob-anjomlar hamda aslahalarning tasnifi XIV–XV asr yozma manbalari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda harbiy yurishlarning muvaffaqiyati faqat qurol-yarog‘larga emas, balki muhandislik, ta’minot, tashkiliy va aloqa vositalarining puxta yo‘lga qo‘yilgan tizimiga ham bog‘liq ekani ilmiy asoslab beriladi. Manbalar, xususan Temur tuzuklari, Zafarnoma va Matla’ us-sa’dayn va majma’ ul-bahrayn ma’lumotlari asosida askarlarning majburiy anjomlari, qo‘shin ta’minoti, muhandislik vositalari va logistika tizimi yoritiladi. Shuningdek, Temuriylar davrida harbiy-sanoat majmuasining shakllanishi, qurol ishlab chiqarishning markazlashuvi va davlat nazoratida bo‘lganligi tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari Temuriylar davrida harbiy yurishlar puxta rejalashtirilgan logistika, muhandislik va tashkiliy tizim asosida amalga oshirilganini ko‘rsatadi.