Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

RAQOBATBARDOSHLIK DARAJALARI VA TOVAR RAQOBATBARDOSHLIGINI BAHOLASH BOSQICHLARI

ABI

Annotatsiya

Har qanday mamlakatda ichki bozorda raqobatning mavjudligi bozor xo‘jaligi muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi, jahonning ko‘plab mamlakatlarida, shu jumladan, o‘tish iqtisodiyotyga ega bo‘lgan mamlakatlarda raqobat to‘g‘risida qonunlarning qabul qilinganligi va mazkur masalalar bilan shug‘ullanuvchi milliy tashkilotlarning tashkil etilganligi ushbu holatni tasdiqlab turibdi. Xususan O‘zbekistonda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Monopoliyaga qarshi qo‘mita) tashkil etilgan bo‘lib, uning faoliyati respublika iqtisodiyotida raqobat muhitini yaratish, mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar va firmalar, shu jumladan, mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar va firmalar xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun teng raqobat imkoniyatlarini barpo etishga yo‘naltirilgan. Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi – bu iqtisodiyotning muxim ko‘rsatkichlari holatini tashqi parametrlarga nisbatan yalii baholashni o‘zida mujassam etgan qiyosiy tavsif hisoblanadi, shu sababli milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi xalqaro raqobatda namoyon bo‘ladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba