Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

ERTA QO'SHIMCHA OVQAT VA PEDIATRIK OBESITET: ZAMONAVIY EPIDEMIOLOGIK TENDENSIYALAR VA PROFILAKTIKA STRATEGIYALAR

ABI

Annotatsiya

Annotatsiya. Maqsad. Tadqiqotning asosiy maqsadi erta qo‘shimcha ovqat berish va bolalar semirishi o‘rtasidagi epidemiologik aloqalarni tahlil qilish, asosiy xavf omillarini aniqlash hamda samarali profilaktika choralarini ishlab chiqishdan iborat. Metodlar. Tadqiqotimiz adabiyotlar sharhi va meta-tahlil usullariga asoslangan. PubMed, Web of Science hamda boshqa ilmiy bazalarda 2015–2025 yillarda chop etilgan maqolalar tahlil qilindi. Natijalar odds ratio (OR), 95% CI va statistik testlar (p<0,05) asosida baholandi. Natijalar. Tahlillar 4 oydan oldin qo‘shimcha ovqat kiritilishi bolalarda semirish xavfini 18–33% ga oshirishini ko‘rsatdi (OR 1.18–1.33; 95% CI 1.06–1.64). Eksklyuziv emizish esa himoya omili sifatida semirish xavfini kamaytirishi aniqlangan. Xulosa. Tadqiqot natijalari qo‘shimcha ovqatni kamida 6 oydan keyin kiritish, eksklyuziv emizishni qo‘llab-quvvatlash hamda oilaviy ta’lim dasturlarini kengaytirish bolalar semirishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba