TRANSPORT OQIMINI MODELLASHTIRISH VA OPTIMALLASHTIRISHDA AQLLI SVETOFOR TIZIMIDAN FOYDALANISH
Annotatsiya
so'nggi yillarda shahar va qishloq hududlarida transport oqimining keskin ortishi yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash va tirbandliklarni kamaytirish masalasini dolzarb muammoga aylantirdi. An'anaviy, oldindan belgilangan vaqt oralig'ida ishlovchi svetofor tizimlari transport oqimining real vaqtdagi o'zgarishlariga moslasha olmaydi. Ushbu maqolada mikrokontroller, turli sensorlar va LED chiroqlar asosida avtomatik boshqariladigan "Aqlli svetofor" tizimini ishlab chiqish va uning ishlash prinsipini tahlil qilish masalalari ko'rib chiqiladi. Taklif etilayotgan tizim yo'l harakati sharoitini real vaqt rejimida baholab, svetofor signallarini dinamik boshqarish imkonini beradi. Maqolada tizimning tuzilmasi, boshqaruv algoritmi va uni amaliy sharoitda qo'llash samaradorligi haqida xulosalar keltiriladi.