FOTOVOLTAIK ELEMENTLARNING FOTOAKTIV SPEKTRAL DIAPAZONINI ANIQLASH UCHUN LABORATORIYA QURILMASINI LOYIHALASH
Annotatsiya
Mazkur maqolada fotovoltaik elementlarning fotoaktiv spektral diapazonini aniqlash uchun laboratoriya qurilmasini loyihalash masalasi ko'rib chiqiladi. Qurilma quyosh nurlarining turli to'lqin uzunliklarida fotovoltaik elementlarning energiya hosil qilish samaradorligini aniqlash imkonini beradi. Taklif etilgan optik tizim yorug'lik manbai, kollimator linza, difraksion panjara, fokuslovchi linza va chiqish tirqishidan tashkil topgan. Qurilma yordamida fotovoltaik elementlarning spektral javobi aniqlanadi hamda ularning maksimal samaradorlikka ega bo'lgan fotoaktiv diapazoni baholanadi. Tadqiqot natijalari laboratoriya sharoitida fotovoltaik modullarni diagnostika qilish va yangi turdagi fotovoltaik elementlarini yaratishda muhim ahamiyatga ega.