GRADIENT DESCENT YONDASHUVI ASOSIDA UY-JOY NARXLARINI PROGNOZLASH
Annotatsiya
Ushbu maqolada uy-joy narxlarini bashorat qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Ko‘chmas mulk bozorida narxlar ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib, ularni oldindan aniqlash iqtisodiy va amaliy jihatdan muhimdir. Model Gradient Descent algoritmi asosida qurilib, maydon va joylashuv parametrlariga tayangan holda chiziqli regressiya yondashuvi qo‘llanildi. Parametrlar eng kichik kvadratlar usuli yordamida optimallashtirildi. Python dasturlash tilida sintetik dataset asosida model sinovdan o‘tkazildi. Natijalar yo‘qotish funksiyasining sezilarli darajada kamayganini va bashoratlarning haqiqiy qiymatlarga yaqinlashganini ko‘rsatdi. Ushbu yondashuv ko‘chmas mulk bozori, bank kreditlari va ipoteka baholash jarayonlarida amaliy qo‘llanish imkoniyatiga ega.