Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

XALQARO MIGRATSIYA INQIROZINING SABABLARI

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada xalqaro migratsiya jarayonining asosiy sabab va omillari kompleks tarzda tahlil qilingan. Xususan, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ekologik omillarning migratsiya oqimlariga ta’siri ilmiy-nazariy yondashuvlar asosida yoritilgan. Iqtisodiy omillar, jumladan ish haqi farqlari, ish o‘rinlari mavjudligi va iqtisodiy barqarorlik migratsiyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida ko‘rib chiqilgan hamda “push-pull” nazariyasi orqali izohlangan. Shuningdek, Keynsiy va neoklassik yondashuvlar asosida migratsiyaning iqtisodiy mohiyati ochib berilgan. Maqolada siyosiy beqarorlik, urushlar va ijtimoiy tengsizlik kabi omillar migratsiya inqirozini kuchaytiruvchi muhim sabablar sifatida tahlil etilgan. Ekologik omillar, xususan iqlim o‘zgarishi, tabiiy ofatlar va resurslar tanqisligining migratsiya oqimlariga ta’siri ham statistik ma’lumotlar asosida asoslab berilgan. Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlar, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro Mehnat Tashkiloti ning migratsiya jarayonlarini tartibga solishdagi roli ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xalqaro migratsiya global iqtisodiy resurslarni qayta taqsimlashda muhim ahamiyat kasb etadi, biroq u bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun davlatlararo hamkorlikni kuchaytirish zarur.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba