Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

YUK VAGONLARI ARAVACHALARI FRIKSION TEBRANISHNI SO'DIRGICHLARIDAGI REAKSIYA KUCHLARINI TIZIMGA TA'SIRINI NAZARIY HISOBI

ABI

Annotatsiya

Maqolada yuk vagon aravachasining tuzulishi, tashiladigan yuk turiga qarab yuk vagon turlari va texnik qisimlari bilan birgalikda yuk vagon aravacha turlari ularga qo‘yilgan texnik talablar haqida malumot berilgan hamda yuk vagonlari aravachalari prujinalarini siqilishiga ta’sir qiluvchi omillarning hisobiy tahlili yoritilgan. Misol tariqasida MDX davlatlari temir yo‘llarida yuk tashishda keng qo‘llaniladigan 18-100 rusumli yuk vagon aravachasining prujinalarining yuk ta’sirida siqilishi hamda friksion pona va plankalarning harakati, prujina, friksion pona va plankalarga tushadigan kuchlarga bog’liqliklari o‘rganilgan. Tatqiqotlar davomida tashqi kuchning o‘zgaruvchan qiymatlarini prujinaning siqilishiga hamda ishqalanish yuzalarida hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchiga bog‘liqligi o‘rganilgan. Prujinalar bikirligi va ishqalanish koeffitsientining o‘zgarishi, hosil bo‘ladigan reaksiya kuchlarining o‘zgarishiga bog‘liqligini o‘rganish orqali yuk vagonlarining tebranishini so‘ndirish tizimining mexanik xarakteristikalariga bog‘liqligi aniqlangan. Og‘irligi 64-94 t oralig‘ida bo‘lgan yuk vagonlari uchun kuch xarakteristikalari hisoblangan. Bunda resora usti balkasi orqali friksion juftliklarga ta’siri tahlil qilingan. Ishqalanish koeffitsienti 0.2-0.3, prujinaning bikirligi 304-425.6 KN/m bo‘lgan qiymatlarda hisob ishlari amalga oshirilgan. Tadqiqotlar natijalaridan tebranish so‘ndirgichlarning yangi turlarini loyihalashda hamda ishqalanish juftliklari uchun optimal polimer-kompozit materiallarni tanlashda foydalanish mumkun, bu esa o‘z navbatida harakat tarkibining ishonchliligini oshiradi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba