RAQAMLI MARKETING VOSITALARI ORQALI BANK BRENDINING IMIJINI OSHIRISH MEXANIZMLARI
Annotatsiya
Ushbu tezisda tijorat banklarida raqamli marketing vositalari orqali brend imijini shakllantirish va samarali boshqarish mexanizmlari tahlil qilinadi. Zamonaviy raqamlashtirish jarayonlari sharoitida banklar o‘rtasidagi raqobatning kuchayishi marketing strategiyalarini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlar marketingi (SMM), qidiruv tizimlari optimizatsiyasi (SEO), kontent marketing, mobil ilovalar hamda Big Data va sun’iy intellekt asosidagi yechimlarning bank brendiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, mijozlar tajribasi va sodiqligini oshirish orqali brend obro‘sini mustahkamlash omillari tahlil qilingan. Olingan natijalar raqamli marketing vositalaridan kompleks va tizimli foydalanish bank imijini yaxshilash, mijozlar ishonchini oshirish va raqobatbardoshlikni kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.