KORXONALARNI SAMARALI BOSHQARISHDA ZAMONAVIY MARKETING STRATEGIYALARINI QO'LLASH.
Annotatsiya
Ushbu maqolada korxonalarni samarali hamda oqilona boshqarishda zamonaviy marketing strategiyalarining va ahamiyati ko’rib chiqiladi. Globallashuv sharoitida bozor raqobatining kuchayishi korxonalardan yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda. Tadqiqotda raqamli marketing, mijozga yo‘naltirilgan yondashuv, brending hamda innovatsion texnologiyalarning korxona faoliyatidagi roli yoritilgan. Shu bilan birgalikda, marketing strategiyalardan to’g’ri va unumli foydalanish orqali raqobatbardoshlilikni oshirish, resusrlar tejamkorligini taminlash, va shu qatorda iqtisodiy barqarorlikka erishish choralari ko’rib chiqilgan. Va bu orqali zamonaviy marketing yondashuvlari korxonalarning uzoq muddatli rivojlanishida muhim omil eknaligi asoslab berilgan.