Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI

ABI

Annotatsiya

Ushbu ilmiy tezisda byudjet-soliq siyosatining nazariy asoslari, uning iqtisodiy tizimdagi o‘rni va amaliy ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Xususan, fiskal siyosatning asosiy vositalari — davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari, soliqlar tizimi hamda byudjet taqchilligi yoki profitsitining iqtisodiy jarayonlarga ta’siri yoritib beriladi.Tadqiqot davomida byudjet-soliq siyosatining iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, inflyatsiyani tartibga solish, bandlik darajasini oshirish va aholi daromadlarini qayta taqsimlashdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, rag‘batlantiruvchi (ekspansion) va cheklovchi (restriktiv) fiskal siyosatning qo‘llanish shartlari va ularning iqtisodiy natijalari solishtirma tarzda o‘rganiladi.Mazkur tezisda zamonaviy iqtisodiy sharoitda, ayniqsa rivojlanayotgan davlatlar misolida, samarali byudjetsoliq siyosatini shakllantirish va uni takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Davlat moliya siyosatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy inqirozlarning oldini olish hamda barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda muhim omil ekanligi asoslab beriladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba