"BIR NASRONIYNING SEZGISI: HAMDAMCHA YOZUV" (ULUG'BEK HAMDAMNING "YOLG'IZLIK" QISSASI ASOSIDA)
Annotatsiya
Ushbu maqola zamonaviy o‘zbek nasridagi o‘ziga xos hodisa – Ulug‘bek Hamdam ijod uslubini “Yolg‘izlik” qissasi misolida tahlil qiladi. Muallif “Hamdamcha yozuv” tushunchasini falsafiy-estetik kategoriya sifatida asoslab, yozuvchi nasrining asosiy xususiyatlari – psixologizm, ramziylik, xronotopning o‘ziga xos shakllanishi va til poetikasini ochib beradi. Maqolada “Yolg‘izlik” qissasining ijodiy laboratoriya vazifasini o‘taganligi, unda tafakkur xronotopi, ong oqimi texnikasi va yolg‘izlikning borliq kategoriyasi sifatidagi talqini tahlil qilinadi. Shuningdek, Hamdam uslubining zamonaviy o‘zbek nasridagi o‘rni va uning badiiy o‘ziga xosligi baholanadi. Maqola adabiyotshunos va tanqidchilarning ilmiy qarashlariga tayanib yozilgan bo‘lib, Ulug‘bek Hamdam ijodining badiiy-falsafiy qatlamlarini ochishga qaratilgan.