Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

TASHQI SAVDODA XATARLARNI KAMAYTIRISHDA SAVDONI MOLIYALASHTIRISH VOSITALARIDAN FOYDALANISH

Shuhrat Atxamovich BabadjanovIpoteka-bank ATIB, TDIU
ABI

Annotatsiya

Maqolada tashqi savdo operatsiyalarida yuzaga keladigan tijorat, to'lov, valyuta, mamlakat, siyosiy va logistika xatarlarini kamaytirishda savdoni moliyalashtirish vositalarining o'rni tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi savdoni moliyalashtirish instrumentlari — hujjatli akkreditiv, bank kafolati, hujjatli inkasso, faktoring, forfeyting va eksport kreditlarini sug'urtalash — tashqi iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashdagi samaradorligini baholashdan iborat. Metodologik jihatdan maqolada qiyosiy-huquqiy, institutsional, deskriptiv-statistik va mantiqiy tahlil usullaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, O'zbekistonda tashqi savdo aylanmasi 2022-yildagi 50,0 mlrd AQSH dollaridan 2024-yilda 65,9 mlrd AQSH dollariga yetgan bo'lsa-da, savdoni moliyalashtirish bo'yicha muntazam milliy statistikaning yo'qligi ushbu mexanizmlarning real qamrovini to'liq baholashni qiyinlashtirmoqda.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba