Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

NEYRON TARMOQLAR YORDAMIDA MATNLARNI AVTOMATIK TARJIMA QILISH TIZIMLARI

ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda neyron tarmoqlar asosida ishlovchi avtomatik tarjima tizimlarining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing — NLP) hamda transformer arxitekturasi asosida qurilgan zamonaviy tarjima modellarining ishlash prinsiplari o‘rganilgan. Ayniqsa, encoder-decoder mexanizmi, attention mexanizmi va transformer modellari orqali mashinali tarjimaning samaradorligi oshirilishi ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Google Neural Machine Translation (GNMT), BERT, GPT va MarianMT kabi modellar misolida neyron tarjima tizimlarining amaliy natijalari tahlil qilingan. Shuningdek, BLEU ko‘rsatkichi orqali tarjima sifati baholash usullari va ko‘p tilli modellar samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari neyron tarmoqlar asosidagi avtomatik tarjima tizimlari an’anaviy statistik metodlarga nisbatan yuqori aniqlik va semantik moslikni ta’minlashini ko‘rsatadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba