Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

MAHALLIY XOM ASHYOLARDAN OLINGAN TU-5 VA TU-10 MARKALI TEXNIK UGLERODLARNI NAMUNASINI SYYM QIYMATLARI

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada texnik uglerodning nanostrukturaviy xususiyatlari va uning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Texnik uglerod zarrachalarining morfologiyasi, agregat tuzilishi va sirt kimyosi materialning funksional xossalarini belgilovchi asosiy omillar sifatida tahlil qilindi. Tadqiqotlar natijasida turbostratik tuzilma mavjudligi, qatlamlararo masofa (d₀₀₂=0.34-0.36 nm) va lateral o‘lcham (La=1-3 nm) materialning yuzaki faolligiga bevosita taʻsir qilishi aniqlandi. ASTM D1510, D2414 va D3493 standartlari asosida TU-5 namunasi uchun yodni yutish yog‘ni yutish va siqilgan yog‘ni yutish ko‘rsatkichlari baholandi. Olingan natijalar texnik uglerodning yuqori strukturaviy barqarorlikka ega ekanligini hamda rezina va polimer kompozitsiyalarida samarali mustahkamlovchi sifatida qo‘llanish imkonini ilmiy jihatdan asoslab berdi

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba