Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

O'ZBEKISTON TARIXSHUNOSLIGIDA ILMIY MAKTABLAR VA TARIXIY TADQIQOTLAR TARAQQIYOTI

Sanjar AXMEDOVPerfect universiteti dotsenti, t.f.f.d. (PhD)
ABI

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekiston tarixshunosligida ilmiy maktablarning shakllanishi, ularning tarixiy tadqiqotlar taraqqiyotidagi o‘rni va zamonaviy bosqichdagi ilmiy ahamiyati tahlil qilinadi. Tarix fanining rivojlanishi ilmiy muassasalar, oliy ta’lim tizimi, ustoz-shogird an’analari, dissertatsion tadqiqotlar, monografiyalar, manbashunoslik, arxeologiya, etnologiya, tarixiy demografiya, davlatchilik tarixi, jadidchilik, qatag‘on siyosati va madaniyat tarixi kabi yo‘nalishlar bilan bog‘liq holda yoritiladi. Maqolada ilmiy maktab tushunchasi faqat alohida olimlar faoliyati bilan emas, balki muayyan ilmiy yo‘nalish, tadqiqot metodologiyasi, manbaviy baza, ilmiy an’ana va yangi avlod tadqiqotchilarini tayyorlash jarayoni bilan bog‘liq murakkab hodisa sifatida talqin qilinadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba