Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

TUXUMDONLAR POLIKISTOZI SINDROMIGA BOG'LIQ BEPUSHTLIKDA NUTRIENT-METABOLIK PROFILNING KLINIK-PATOGENETIK AHAMIYATI

Oyimjon SadullayevaXorazm viloyat Shovot tibbiyot birlashmasi. Akusherlik kompleksi. Akusher ginekologXolidajon IkramovaUrganch Davlat tibbiyot instituti. PhD, v/b dotsent
ABI

Annotatsiya

Tuxumdonlar polikistoz sindromiga (TPKS) bog‘liq bepushtlikda nutrient-metabolik buzilishlar muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada vitamin D, rux, selen yetishmovchiligi, insulinrezistentlik va oksidativ stressning reproduktiv funksiyaga ta’siri yoritilgan. Maqsad: Tuxumdonlar polikistoz sindromiga (TPKS) bog‘liq bepushtlikda nutrient-metabolik profilning klinik-patogenetik ahamiyatini o‘rganish. Material va metodlar: Tadqiqotga TPKS bilan bog‘liq bepushtligi bo‘lgan 70 nafar ayol va 20 nafar sog‘lom ayol kiritildi. Qonda vitamin D, magniy, rux, selen, insulin, AMH va HOMA-IR ko‘rsatkichlari aniqlandi. Oksidativ stress markerlari — MDA va TAC baholandi. Natijalar: Asosiy guruhda nutrient yetishmovchiligi, insulinrezistentlik va oksidativ stress ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan sezilarli yuqori aniqlandi (p<0,05). Nutrient tanqisligi ovulyator buzilishlar va giperandrogeniya bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Xulosa: Nutrient-metabolik buzilishlar TPKSga bog‘liq bepushtlik patogenezida muhim ahamiyatga ega.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba