Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

TARIXIY MEROS MILLIY O'ZLIKNING MA'NAVIY ASOSI SIFATIDA

Anora AorqulovaGuliston tumanidagi 16-umum ta'lim maktabi Tarix o'qituvchisi Perfect University Tarix yo'nalishi talabasi
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada tarixiy merosning milliy o‘zlikni shakllantirishdagi ma’naviy, madaniy va ijtimoiy ahamiyati ilmiy adabiyotlar hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tarixiy meros jamiyatning o‘tmish bilan bugunni bog‘lovchi xotira maydoni bo‘lib, u xalqning o‘zini anglash, tarixiy davomiylikni his etish, madaniy qadriyatlarni asrash va kelajak avlodga uzatishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada tarixiy xotira, madaniy meros, milliy identitet va ma’naviy vorisiylik tushunchalari o‘zaro bog‘liqlikda yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida tarixiy merosni asrash va targ‘ib qilish milliy o‘zlikni mustahkamlashning muhim yo‘nalishlaridan biri ekani asoslab beriladi. Xulosa sifatida, tarixiy meros milliy o‘zlikning faqat ramziy belgisi emas, balki uning ma’naviy poydevori, ijtimoiy xotirasi va madaniy barqarorligini ta’minlovchi tayanch omil ekani ko‘rsatib beriladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba