Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

YELKA BO'G'IMI ODATIY CHIQISHINI JARROHLIK YO'LI BILAN DAVOLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Xusan IsaqovO'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali Travmatologiya va ortopediya bo'limi boshlig'i
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda odatiy yelka bo‘g‘imi chiqishini jarrohlik yo‘li bilan davolash samaradorligi ob’ektiv baholash so‘rovnomasi asosida tahlil qilindi. 2017–2023-yillarda Toshkentdagi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali va Farg‘onadagi SSV muassasalarida Tkachenkо hamda Isakov usullari bilan operatsiya qilingan 93 bemor kuzatildi. Baholash uch soha bo‘yicha olib borildi: operatsion ko‘rsatkichlar (davomiylik ≤2 soat, distrofiya profilaktikasi, kapsula yaxlitligi), anatomo-funksional holat (fleksiya 143°, ekstenziya 32°, abduksiya 134°, bo‘g‘im simmetriyasi va mushak tonusi), hamda bo‘g‘im elementlari (bo‘g‘im yorig‘i 2,1 mm; MSKTda artroz belgilari saqlanib, progressiyalanmasligi). Umumiy ball 32 ni tashkil etib, jarrohlik aralashuvining yuqori samaradorligini ko‘rsatdi; shuningdek, bemorlarning tibbiy yordamdan qoniqishi oshdi (A’lo: 8,0%→16,7%; Yaxshi: 33,0%→41,8%; Yomon: 16,0%→0%), ijtimoiy samaradorlik koeffitsienti 1,2 ga teng bo‘ldi. Obyektiv baholash ijobiy chiqqan bemorlarda qayta chiqish xavfi past deb baholandi va operatsiyadan 7-oydan boshlab yengil reabilitatsiya fonida sport yuklamalariga ruxsat etildi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba