ATROF-MUHIT VA BARQAROR RIVOJLANISHDA SIFAT MENEJMENTING O'RNI
Annotatsiya
Ushbu maqolada atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishni ta’minlashda sifat menejmenti tizimlarining o‘rni va ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy iqtisodiyotda korxonalar faoliyatida ekologik barqarorlikni ta’minlash masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Maqolada ISO 14001, ISO 9001 va boshqa xalqaro standartlar asosida qurilgan sifat menejmenti tizimlarining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish va resurslardan samarali foydalanishga qanday ko‘maklashishi tahlil qilingan. Bundan tashqari, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun sifat menejmentining strategik vositalar sifatida qo‘llanilishi, yashil iqtisodiyot tamoyillari va ekologik innovatsiyalarning amalga oshirilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.