Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

AYOL, YOSHLIK VA BAHOR OBRAZLARINING "GUL" METAFORASI ORQALI IFODALANISHI: OʻZBEK TILI MATERIALLARI ASOSIDA

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada oʻzbek tilidagi “gul” metaforasi orqali ayol, yoshlik va bahor obrazlarining ifodalanishi lingvokulturologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi “gul” obrazining oddiy badiiy bezak emas, balki goʻzallik, noziklik, poklik, hissiy mayinlik, hayotiy yangilanish va estetik qadriyatlarni ifodalovchi konseptual-metaforik model ekanini asoslashdan iborat. Maqolada konseptual metafora tahlili, leksik-semantik tahlil, lingvokulturologik talqin va manbalarga asoslangan umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Natijalar “gul – ayol”, “gul – yoshlik” va “gul – bahor” modellari oʻzbek milliy til manzarasida muhim madaniy-estetik vazifa bajarishini koʻrsatadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba