Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

OʻZBEKISTONDA SIM-SWAPPING VA SHAXSIY MA'LUMOTLARNING NOQONUNIY SAVDOSI: MA'MURIY-HUQUQIY MUAMMOLAR VA PROAKTIV PROFILAKTIKA

ABI

Annotatsiya

Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi fonida yuzaga kelayotgan yangi turdagi kiber-tahdidlar — "SIM-swapping" (SIM-kartani noqonuniy almashtirish) va shaxsiy ma'lumotlarning "Darknet" hamda messenjerlar orqali noqonuniy savdosi muammolari tadqiq etilgan. Jinoyatning sodir etilish mexanizmlari kriminologik "Domino effekti" nuqtai nazaridan tahlil qilinib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan ichki ishlar organlari (IIO) tomonidan ushbu turdagi jinoyatlarning barvaqt oldini olish (proaktiv profilaktika) tizimini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, ma'muriy-huquqiy mexanizmlarni mustahkamlash va kadrlar tayyorlashda innovatsion oʻquv kazuslaridan foydalanish boʻyicha takliflar ilgari surilgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba