Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

QISHLOQ XO`JALIGIDA LIZING XIZMATLARI BOZORINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Xayrulla Abdikaxarovich Mamatqulov"O`zagrolizing" Sirdaryo viloyat filiali direktori, "TIQXMMI" MTU tadqiqotchisi
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada O'zbekistonda qishloq xo'jaligida lizing xizmatlari bozorining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Unda lizing faoliyatining 1990-yillardan keyingi iqtisodiy sharoitda yuzaga kelishi, huquqiy-me'yoriy asoslarning shakllanishi, lizing kompaniyalari faoliyatining kengayishi hamda ushbu mexanizmning qishloq xo'jaligi va kichik biznesni moliyalashtirishdagi ahamiyati yoritilgan. Mamlakatimiz lizing bozoridagi operatsiyalarining rivojlanishi 1993-yildan boshlangan bo'lib, bu paytda sobiq Ittifoq parchalanib ketgandan keyin yuz bergan iqtisodiy inqiroz sharoitlarida respublikadagi moliyaviy imkoniyatlar zaiflashib, iqtisodiy sharoitlarning o'zi esa ishlab chiqarishni rivojlantirishni ta'minlay olmas edi. Shu og'ir davrda respublikamiz uchun yangi bo'lgan xo'jalik yuritish shakllari, xususan lizing xizmatlari paydo bo'ldi. Bu tasodifiy hol emas, chunki lizing - g'oyatda zarur kapital qo'yilmalarni jalb qilishning doimiy samarali usuli hisoblanadi. Lizingning qaror topishida tijorat banklar tarmog'ining rivojlantirilishi ham sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Shu davrdan boshlab, O'zbekiston Respublikasida lizing faoliyatiga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda. Lizing kompaniyalarining soni ko'payib, ularning faoliyat sohasi ham kengayibbormoqda. Tadbirkorlik faoliyatini investitsiyalashning o'ziga xos shakli bo'lgan ushbu mexanizmning ahamiyatidan kelib chiqqan holda, O'zbekiston hukumati lizing faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari va qarorlar qabul qildi. Bugungi kunda O'zbekistonda lizing xizmatlari bozorida 28 ta lizing beruvchi faoliyat ko'rsatmoqda. O'zbekiston lizing xizmatlari bozorida olib borilgan marketing tadqiqotlari lizing xizmatlari hajmining yildan-yilga o'sib borayotganligini ta'kidlaydi. Tadqiqotlarga ko'ra, respublikamizda lizingning rivojlanish dinamikasi barqaror: 2000 yilda lizing operatsiyalari hajmining 1999 yilga nisbatan 58,7 %ga o'sishi kuzatiladi. Keyingi yillarda lizing kompaniyalarining faoliyati yanada faollashmoqda. Bunga ularni tartibga soluvchi qonun hujjatlaridaga ziddiyatlarni bartaraf etadigan va soliq imtiyozlari beradigan o'zgartirishlar kiritilishi ham yordam berdi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28-avgustdagi 3122-sonli "Lizing tizimini rivojlantirishni rag'batlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 26-apreldagi 199-sonli "Lizing xizmatlarini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha muvofiq quyidagi imtiyozlar berilgan:

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba