ZAMONAVIY TA'LIM SHAROITIDA O'QUV MATERIALLARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA LOYIHALASHNING DIDAKTIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy ta'lim sharoitida o'quv materiallarini innovatsion yondashuv asosida loyihalashning didaktik asoslari tahlil qilinadi. Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalar, interfaol metodlar va shaxsga yo'naltirilgan yondashuvlardan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, o'quv materiallarini ishlab chiqishda samaradorlikni oshirish yo'llari ko'rsatib berilgan. Zamonaviy ta'lim tizimida kechayotgan yangilanish jarayonlari pedagogik faoliyatni tashkil etishda yangi yondashuvlarni talab etmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishi hamda bilimlar iqtisodiyotining shakllanishi ta'lim mazmuni va metodikasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. [1] Hozirgi bosqichda o'quv materiallari faqat bilimlarni yetkazish vositasi sifatida emas, balki o'quvchilarning mustaqil fikrlash, muammoni hal qilish va amaliy faoliyat olib borish qobiliyatlarini rivojlantiruvchi muhim didaktik omil sifatida qaralmoqda. Mazkur tadqiqotda nazariy va amaliy yondashuvlar uyg'unligida bir qator ilmiy metodlardan foydalanildi. Ilmiy manbalarni tahlil qilish orqali mavjud yondashuvlar o'rganildi va tizimlashtirildi. Tizimli yondashuv yordamida o'quv materiallarini loyihalash jarayoni yagona pedagogik tizim sifatida tahlil qilindi. Shuningdek, taqqoslash metodi orqali an'anaviy va zamonaviy o'quv materiallari o'rtasidagi farqlar aniqlanib, ularning samaradorligi baholandi. Olingan natijalar umumlashtirish orqali yagona xulosaga keltirildi. [2] Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish metodi.