BOSHLANGʻICH SINFLARDA OT SOʻZ TURKUMINI OʻRGATISH METODIKASI
Annotatsiya
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida ona tili fanini o‘qitish samaradorligini oshirish, xususan, morfologiya bo‘limining eng asosiy mavzusi bo‘lgan “Ot” so‘z turkumini o‘rgatishning ilmiy-amaliy masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, grammatik tushunchalarni shakllantirish bosqichlari, an’anaviy va noan’anaviy dars o‘tish usullari qiyosiy tahlil qilingan. Maqolada o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishda otlarning o‘rni, atoqli va turdosh otlar, birlik va ko‘plik tushunchalarini singdirishda “Klaster”, “Venn diagrammasi” va didaktik o‘yinlardan foydalanish texnologiyalari bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, interfaol metodlar o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini sezilarli darajada oshiradi.