Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O'QITISH JARAYONIDA TALABALAR IJODKORLIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

ABI

Annotatsiya

Raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga keng kirib kelishi talabalar ijodkorlik kompetentligini rivojlantirish masalasini yangicha ilmiy-metodik talqin qilishni talab etadi. Ijodkorlik zamonaviy pedagogikada faqat noodatiy g‘oya bildirish qobiliyati emas, balki muammoni tahlil qilish, dalilga asoslangan yechim ishlab chiqish, natijani raqamli vositalar yordamida modellashtirish va takomillashtirish kompetensiyasi sifatida qaraladi. Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar asosida o‘qitish jarayonida talabalar ijodkorlik kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari, xalqaro yondashuvlar va amaliy pedagogik shartlari tahlil qilinadi. Tadqiqot konseptual-tahliliy xarakterga ega bo‘lib, unda UNESCO, OECD, DigCompEdu, TPACK va ijodkorlik nazariyalariga oid ilmiy manbalar asosida komponentli model ishlab chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalar ijodkorlikni rivojlantirishda samarali bo‘lishi uchun ular muammoli ta’lim, loyiha faoliyati, raqamli modellashtirish, vizualizatsiya, hamkorlik va refleksiv baholash bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi zarur.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba