Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA MEHNAT MUHOFAZASINI RAQAMLI BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TAHLILI

Shaxnoza Erkinovna KosimovaSanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo'mitasi
ABI

Annotatsiya

Maqolada ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasini an’anaviy boshqarish usullarining cheklovlari va zamonaviy raqamli texnologiyalar (IoT, Big Data, sun’iy intellekt, mashinaviy o‘qitish) asosidagi boshqaruv yondashuvlarining ustunliklari 20 ta xalqaro ilmiy manba tahlili asosida tizimli ravishda o‘rganildi. Safety 4.0 texnologik stackning 5 qatlamli arxitekturasi, an’anaviy risk baholash usullari (HAZOP, FMEA, FTA, Bow-Tie, JSA) va ularning cheklovlari, mashinaviy o‘qitish algoritmlarining bashorat aniqligi (XGBoost algoritmi 89% gacha), global IoT xavfsizlik bozorining dinamikasi (2024-yilda 35,60 mlrd USD, 2034-yilga qadar 383,11 mlrd USDgacha, CAGR 26,82%) tahlil qilindi. Rivojlangan mamlakatlar (Germaniya, AQSh, Xitoy), Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasidagi raqamlashtirish amaliyoti qiyoslandi. Tadqiqotning ilmiy gipotezasi — integratsiyalashgan raqamli boshqaruv algoritmlari baxtsiz hodisalarni 30–40% ga kamaytirishi — asoslab berilgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba