SUV VA CHANGGA CHIDAMLI, PAST YONUVCHANLIK XOSSALARIGA EGA MATERIALLAR OLISHDA KREMNIYORGANIK BIRIKMALAR BILAN ISHLOV BERISH SAMARADORLIGI
Annotatsiya
Ushbu maqolada mato va charm materiallariga kremniyorganik birikmalar bilan ishlov berish orqali ularning suvga chidamlilik, chang o‘tkazmaslik va issiqlikka barqarorlik xossalarini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar natijalari yoritilgan. Tadqiqot davomida kontakt burchagi, suv singish vaqti, chang yutilishi, suv ustuni bosimi hamda termik parchalanish harorati kabi ko‘rsatkichlar o‘rganildi. Olingan natijalar kremniyorganik qoplamalar material sirtining energetik holatini o‘zgartirib, gidrofob va antistatik xossalarni shakllantirishini ko‘rsatdi. Shuningdek, Si–O–Si bog‘lari asosida hosil bo‘lgan barqaror qatlam materialning ekspluatatsion xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilashi aniqlandi. Tadqiqot natijalari ushbu modifikatsiya usulining amaliy ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.