BIOLOGIYA DARSLARIDA ONLAYN TEST PLATFORMALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI
Annotatsiya
Mazkur tezisda biologiya darslarida ta’lim oluvchilar bilimini baholash jarayonida zamonaviy onlayn test platformalari –Kahoot!, Google Forms va Quizizz’dan foydalanishning pedagogik hamda metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqot davomida raqamli baholash vositalarining biologiya ta’limi samaradorligiga ta’siri, ta’lim oluvchilarning o‘quv motivatsiyasi va dars jarayonidagi faolligini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilindi. Shuningdek, onlayn platformalarning interaktiv imkoniyatlari, avtomatik baholash mexanizmlari hamda natijalarni tezkor tahlil qilish funksiyalarining didaktik afzalliklari ochib berildi. Tadqiqot natijalari biologiya darslarida raqamli texnologiyalardan foydalanish bilimlarni obyektiv baholash, o‘quv vaqtini samarali tashkil etish hamda ta’lim sifatini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatdi.