Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

PHLOMOIDES KIRGHISORUM O'SIMLIGINING YER USTKI QISMIDAGI UMUMIY OQSIL MIQDORINI KJELDAL USULI ASOSIDA ANIQLASH

ABI

Annotatsiya

PHLOMOIDES KIRGHISORUM O‘SIMLIGINING YER USTKI QISMIDAGI UMUMIY OQSIL MIQDORINI KJELDAL USULI ASOSIDA ANIQLASH M.A. Abdulhakimova, D.R. Haydarova Namangan davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.20625593 Annotatsiya: Ushbu tadqiqotda Phlomoides kirghisorum o‘simligining yer ustki qismida umumiy oqsil miqdori Kjeldal usuli yordamida aniqlandi. Tadqiqot obyekti sifatida vegetatsiya davrida yig‘ilgan va quritilgan o‘simlik xomashyosi tanlandi. Tahlil jarayonida namunadagi umumiy azot miqdori aniqlanib, oqsilga aylantirish koeffitsienti (6,38) yordamida umumiy oqsil miqdori hisoblab chiqildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘simlik tarkibidagi umumiy azot miqdori 2,44 % ni, umumiy oqsil miqdori esa 15,57 % ni tashkil etdi. Olingan natijalar Phlomoides kirghisorum turining oqsil moddalarga nisbatan boy ekanligini ko‘rsatdi. Aniqlangan oqsil miqdori ushbu o‘simlikning biologik va farmakologik qiymatini baholashda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Tadqiqot natijalari dorivor o‘simliklar tarkibini kompleks o‘rganish hamda ularni farmatsevtika va fitoterapiya amaliyotida qo‘llash imkoniyatlarini ilmiy asoslash uchun xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Phlomoides kirghisorum, Lamiaceae, umumiy oqsil, azot, Kjeldal usuli, dorivor o‘simliklar, kimyoviy tarkib.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba