Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA QISHLOQ XO'JALIGI GEOGRAFIYASI FANINI O'QITISHDA SUN'IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHNING METODIK IMKONIYATLARI

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi geografiyasi fanini o‘qitish jarayonida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot Surxondaryo viloyati misolida olib borilib, hududning agrar-iqtisodiy xususiyatlari, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining hududiy joylashuvi hamda ta’lim jarayonidagi mavjud metodik muammolar kompleks tarzda o‘rganiladi. Maqolada qishloq xo‘jaligi geografiyasi fanini o‘qitishda an’anaviy metodlarning cheklangan jihatlari hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar, xususan sun’iy intellektga asoslangan yondashuvlarning pedagogik samaradorligi tahlil etiladi. SI texnologiyalarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarning hududiy tahlil qilish ko‘nikmalari, kartografik savodxonligi va amaliy geografik bilimlarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektdan foydalanish qishloq xo‘jaligi geografiyasi fanini o‘qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayonini interaktiv va samarali tashkil etish hamda talabalarning ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim metodik vosita ekanini ko‘rsatadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba