Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

POLIVINILXLORID ASOSIDA SINTEZ QILINGAN SORBENTNING AYRIM D-METALLAR IONLARIGA NISBATAN SORBSION XOSSALARINI ERITMA MUHITIGA BOG'LIQ HOLDA O'RGANISH

ABI

Annotatsiya

Mamlakatimizda kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, zamonaviy talablarga javob beradigan yangi turdagi sorbentlarni yaratish va amaliyotga joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar metall ionlariga nisbatan yuqori selektivlikka ega sorbentlar olishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, shuningdek, ichki bozorni import o‘rnini bosuvchi mahalliy sorbsion materiallar bilan ta’minlash imkonini bermoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ichki va tashqi bozorlarda milliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlaydigan tubdan yangi mahsulot va texnologiyalarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Shu nuqtayi nazardan, mahalliy xomashyo asosida iqtisodiy jihatdan samarali, ekologik xavfsiz texnologiyalar yordamida yuqori samarali sorbentlarni sintez qilish, ulardan metall ionlarini konsentrlash va ajratib olishda foydalanish dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba