Tarix fanlarini oliy ta’lim muassasalarida nomutaxassis yo‘nalishlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanish
Annotatsiya
Oliy ta’lim muassasalarida tarix fanlarini o‘qitish uzoq tarixga borib taqaladi. Tarix fanlarining oliy ta’lim muassasalarida talabalarga o‘qitilishi uzoq tarixga borib taqaladi. Dunyoning barcha davlatlarida o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridan keyin ham xar bir davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘z yurti tarixini fan sifatida o‘rganish davlat fuqarolarini siyosiy, ma’naviy, iqtisodiy va marifiy dunyoqarashini shakllantirishning eng asosiy tayanchi bo‘lib xizmat qiladi. Maqola oliy ta’lim muassasalarida tarix fanlarini o‘qitilishining ahamiyati va zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan. Maqoladan ko’zlangan maqsad oliy ta’lim muassasalarida rivojlanib borayotgan dunyo talablariga javob beradigan darajada tarix fanlarini o'qitishning zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanishga doir muammolarning yechimlari ilmiy asosda qayd etilgan.