Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

Yozuvchi biografiyasi va bola ruhiyati o‘ziga xosligi

2023uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek bolalar adabiyotining yirik namoyandasi yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboev asarlari tahlilga tortilgan bo‘lib, ularda o‘smir ruhiyati ifodasi, shuningdek, bola ruhiyatini tasvirlar ekan, unda yozuvchi biografiyasining qay darajada ishtirok etishi masalasiga ham batafsil to‘xtab o‘tilgan. Aslida, Har qanday badiiy asarda qaysidir darajada yozuvchining biografiyasi aks etishi tabiiy. Zero, yozuvchi asar yozar ekan, uning hayoti davomida duch kelgan voqealari hamda kechirgan his-tuyg‘ulari o‘sha asarda muhrlanib boradi. Biz yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlari tahliliga to‘xtalar ekanmiz, ularda, avvalo, yozuvchining hayot yo‘li, xarakteri (tabiati) aks etishini ko‘ramiz. Shuningdek, maqolada bugungi o‘zbek bolalar adabiyotidagi bosh muammo – bola tarbiyasida uning ruhiyati birlamchi ekanini badiiy asarlar misolida yoritib berildi. Bolalar uchun yozigan badiiy asar bola ruhiyatining in’ikosi ekani ta’kidlangan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

1 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba