MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA MAHALLIY MUSIQA USLUBLARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida olib boriladigan musiqa madaniyati darslarida mahalliy musiqa uslublaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil etilgan. O‘quv jarayonida milliy musiqiy meros namunalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarda musiqiy did, estetik tafakkur hamda milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, mahalliy musiqa uslublarining ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ahamiyati ochib berilib, ularni dars jarayoniga integratsiya qilishning samarali metod va shakllari tavsiya etildi. Tadqiqot natijalari musiqa ta’limi sifatini oshirishda milliy musiqiy an’analardan foydalanish muhim pedagogik omil ekanligini ko‘rsatdi.
Hali tarjima qilinmagan