Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Boshqa

KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH BO'YICHA ZAMONAVIY MODELLAR TAVSIFI

Abdusattorov Faxriddin Baxodirjon o'g'liO'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistrantiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
Open MINDrepository2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda kambag‘allik tushunchasining nazariy-metodologik asoslari, uning kelib chiqish sabablari hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan milliy va xorijiy modellar chuqur tahlil qilingan. Ilmiy ishda kambag‘allikning tor va keng ma’nodagi mazmuni, mutlaq va nisbiy shakllari, shuningdek, institusional, mintaqaviy va sinfiy kambag‘allik turlari tizimli ravishda yoritilgan. Mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari asosida kambag‘allikni baholash mezonlari hamda uni qisqartirish mexanizmlari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida shakllangan Bismark, Beveridj, Skandinaviya va Janubiy Yevropa modellarining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilib, ularning ustun va zaif tomonlari ochib berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan kambag‘allikni qisqartirish siyosati tahlil qilinib, uning ijtimoiy yo‘naltirilganligi va manzillilik tamoyiliga asoslangan jihatlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatini takomillashtirish, aholi bandligini oshirish va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba