SHIRINMIYA (GLYCYRRHIZA L) O'SIMLIGINING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA TARQALISHI
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada shirinmiya (Glycyrrhiza L.) o‘simligining biologik xususiyatlari hamda tabiiy tarqalish areali har tomonlama tahlil qilingan. Tadqiqotda Glycyrrhiza L. turkumiga mansub turlarning taksonomik o‘rni, morfologik tuzilishi, ekologik xususiyatlari va turli tabiiy sharoitlarga moslashuvchanligi ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shirinmiyaning ildiz va ildizpoyalarida to‘plangan biologik faol moddalar uning dorivor ahamiyatini belgilab berishi qayd etilgan. Maqolada shuningdek shirinmiyaning jahon miqyosida, xususan Markaziy Osiyo va O‘zbekiston hududlarida tarqalishi, asosiy o‘sish joylari hamda tabiiy resurs holati tahlil qilinadi. Olingan natijalar shirinmiya o‘simligini muhofaza qilish, tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish va uni madaniy holda yetishtirishni ilmiy asoslashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hali tarjima qilinmagan