Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Boshqa

TRANSFORMATSIYALANUVCHI KIYIMLARDA MILLIY IDENTITETNI SAQLASH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Maqsudova Odinaxon Nabijon qiziToshkent toqimachilik va yengil saonat inisituti AICP qoshma ta'lim dasturi Paris xalqaro ta'lim dasturi Dizayn (kostyum dizayni va moda industriasini boshqarish) MagistrWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
Open MINDrepository2026
ABI

Annotatsiya

Zamonaviy moda industriyasida transformatsiyalanuvchi kiyimlar funksionallik, ekologik barqarorlik va iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biroq ushbu jarayonda milliy identitet elementlarining yo‘qolishi, an’anaviy shakl va bezaklarning soddalashtirilishi hamda global modaning ustuvorligi kabi muammolar yuzaga kelmoqda. Mazkur maqolada transformatsiyalanuvchi kiyimlar dizaynida milliy identitetni saqlash bilan bog‘liq asosiy muammolar tahlil qilinadi va ilmiy manbalarga tayangan holda ularni bartaraf etish yo‘llari yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, konstruktiv yechimlar, ramziy bezaklar va madaniy kontekstni hisobga olish milliylikni saqlashning muhim omillari hisoblanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba