BOSQINCHILIK YO'LI BILAN TALON-TAROJ QILGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK ASOSLARI VA UNING TAHLILI
Annotatsiya
Mazkur maqolada bosqinchilik yo‘li bilan talon-taroj qilganlik jinoyati uchun jinoiy javobgarlik masalalari O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi asosida har tomonlama tahlil qilinadi. Tadqiqotda Jinoyat kodeksining tegishli normalari, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda jinoyat-huquqiy nazariyadagi ilmiy qarashlar o‘rganildi. Bosqinchilik jinoyatining huquqiy mohiyati, uning obyekti, subyekti obyektiv va subyektiv tomonlari, ochib beriladi hamda mazkur jinoyatning o‘g‘irlik, talonchilik va tovlamachilik kabi mulkka qarshi boshqa jinoyatlardan farqli jihatlari yoritildi. Zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish belgilarining jinoyat tarkibidagi o‘rni, qurol yoki qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan buyumlarning ishtiroki, jinoyatning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi kabi kvalifikatsiyalovchi holatlar chuqur tahlil qilindi. Shuningdek, xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida bosqinchilik uchun javobgarlik masalalari o’rganilib , milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi.
Hali tarjima qilinmagan