Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Boshqa

METABOLIK SINDROMNING ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA MEZONLARI

Aliyev Dostonbek Rustamjon o'g'liQo'qon universiteti Andijon filiali Tibbiyot fakulteti Davolash ishi yo'nalishi talabasiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Annotatsiya

Metabolik sindrom (MS) — zamonaviy tibbiyotning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, yurak-qon tomir kasalliklari, 2-tip qandli diabet va boshqa surunkali kasalliklarning rivojlanishida muhim patogenetik omil hisoblanadi. So‘nggi yillarda metabolik sindromning tarqalish darajasi nafaqat rivojlangan davlatlarda, balki rivojlanayotgan mamlakatlarda, jumladan O‘zbekiston Respublikasida ham keskin oshib bormoqda. Ushbu holat aholining turmush tarzi, noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikning kamayishi va ekologik omillar bilan chambarchas bog‘liqdir. Metabolik sindromni erta aniqlash va to‘g‘ri tashxislash yurak-qon tomir asoratlarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur ilmiy maqolada metabolik sindromning zamonaviy diagnostika mezonlari, jumladan Xalqaro diabet federatsiyasi (IDF), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Amerika yurak assotsiatsiyasi (AHA/NHLBI) tomonidan ishlab chiqilgan mezonlar keng yoritilgan. Shuningdek, metabolik sindromning patofiziologik mexanizmlari, klinik ahamiyati va diagnostik yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mavjud ilmiy adabiyotlar tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitida metabolik sindrom diagnostikasining dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi. Maqola tibbiyot sohasi mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalarga mo‘ljallangan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba