Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Boshqa

QIMMATLI QOG'OZLAR BOZORIDA MOLIYAVIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHNING INSTITUTSIONAL MEXANIZMLARI: REGULYATOR VA BOZOR INFRATUZILMASI ROLI

Boysunov Jamshid Baxriddin ug'liToshkent davlat iqtisodiyot universiteti Korporativ moliya va qimmatli qog'ozlar kafedrasi katta o'qituvchisiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Annotatsiya

O'zbekistonning zamonaviy global iqtisodiy kontekstda kapital bozori (qimmatli qog'ozlar bozori) infratuzilmasini rivojlantirish va moliyaviy xavfsizlikni ta'minlash masalalarini chuqur tahlil qiladik. "O'zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida davlat aktivlarini xususiylashtirish, IPO dasturlari va xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonlarini qo'llab-quvvatlash uchun regulyator (Istiqbolli loyihalar milliy agentligi – NAPP) va bozor institutlari (fond birjasi, markaziy depozitariy, kliring tizimlari) o'zaro hamkorligi, funksiyalari va tizimli risklarni boshqarish mexanizmlari ko'rib chiqiladi. Xalqaro standartlar (IOSCO, PFMI), rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasi (masalan, Qozog'istonning AIFC modeli) qiyosiy tahlil qilinib, O'zbekiston bozoridagi zaifliklar (hisob-kitob uzilishlari, kiberxavfsizlik) va yechimlar (CCP yaratish, DvP mexanizmi, blokcheyn integratsiyasi) taklif etiladi. Tadqiqot bozor samaradorligi, ishonch muhiti va barqarorlikni ta'minlash orqali milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish zarurligini ta'kidlaydi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba